Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uyimni sog‘indim. Charchoqdan yig‘ladim...» — «Tez yordam» shifokorining bir kuni

«Uyimni sog‘indim. Charchoqdan yig‘ladim...» — «Tez yordam» shifokorining bir kuni

Foto: Facebook foydanalanuvchisi

  1. Bugun 28 ta «vizov» bo‘ldi, shuncha manzilga bordik. Afsus, chaqiruvning yarmi yolg‘on bo‘lib chiqdi...
  2. Chaqiruvda ko‘p qavatli uylarga chiqib tushganimni hisob-kitob qildim: 30 qavatga zina orqali chiqibman...
  3. Uch nafar fuqaroda COVID-19 borligi ehtimoli tug‘ildi. Shukrki, ularda virus qayd etilmadi.
  4. Kun davomida bitta bemorda virus alomatlari aniqlandi.
  5. Kech soat 22:30 tushlik qildim (agar shuni tushlik deb bo‘lsa...)! Kun davomida ko‘ngil aynishining oldini olish uchun barcha dorilarni ichdim.
  6. Biz kun bo‘yi «kvarts»dan foydalandik. 48 ta qo‘lqop almashtirdim: soatiga ikki-uchtadan...
  7. Men juda charchadim. Uyni sog‘indim. Charchoqdan yig‘ladim.
  8. Virus yuqtirishda shubha qilinganlar yangi kasalxonaga olib kelindi. U yerda suhbat uyushtirildi.
  9. Bir «qog‘oz stakan» qahvaning yarmini ichishga ulgurdim, qolganini ichish uchun vaqt yetmadi.
  10. Svetofor chorrahasida ko‘zim ilinibdi...
  11. Yana 20 qavatga piyoda...
  12. Biz yana «qafas»ga kiramiz, virusni o‘sha joyida qoldirish. Ofat o‘sha joyda qolishini Xudodan so‘raymiz: bu omad emas, bu umid.
  13. Nihoyat, navbatchiligimiz nihoyasiga yetyapti, yana 7 daqiqadan so‘ng shokoladni qarsillatib, «Oliyjanob odamlar» qo‘shig‘i bilan smenani topshiramiz...
  14. «Smena»dan so‘ng uyga yetvolish qiyin. Mashina yo‘q. Ko‘chalar bo‘m-bo‘sh.
  15. Nihoyat, uyga keldim!!!
  16. Endikech soat 19 gacha uyqu. Shuni xohlayman. Kun juda og‘ir o‘tdi...

...Bu bir kunlik taassurotim edi.

Bir kunlik ishimizdan bir necha holatlarnigina sanadim, xolos. Aslida bundan ham murakkab vaziyatda ishlayotganlar bor.

Qanday bo‘lmasin, ijobiy tomonga o‘zgarishimiz kerak.

Shunday og‘ir mehnatlar havoga uchmasligi lozim.

O‘zimiz uchun o‘zimiz kurashaylik!..

Facebook foydanalanuvchisining sahifasidan olindi

Manba: facebook.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring