Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yirik sport zallari ham shifoxonaga aylantirilmoqda (foto)

Toshkentda yirik sport zallari ham shifoxonaga aylantirilmoqda (foto)

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Poytaxtimizning Shayxontohur va Sergeli tumanlarida «Covid-19» bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot markazi xabar qildi.

Shayxontohur tumanidagi «Yoshlik» sport majmuasida koronavirus tashhisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Hozirda majmuaning 3 ta zalini qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Bu maskan 520 nafar bemorlarning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlanadi. Buning uchun majmua IVL va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanmoqda.

150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislariga yotoqxona tayyorlanadi.

Shuningdek, Sergeli tumanining 2-bolalar va o‘smirlar sport majmuasida ham 250 o‘rinli davolash maskani tashkil etilmoqda.

Bu yerda tibbiyot xodimlari uchun binoning hovlisida maxsus palatkalar qurilmoqda.

Ayni paytda maskanni eng zarur bo‘lgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari davom etmoqda.

Ushbu yangi quvvatlar yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring