Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholi orasida bir necha soat ichida rekord darajada ko‘p kasallik aniqlandi

Toshkentda aholi orasida bir necha soat ichida rekord darajada ko‘p kasallik aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 4-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 (+111) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 66 nafari Toshkent shahrida (bungacha eng katta ko‘rsatkich 47 nafar edi) hamda 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar poytaxtimizdagi 2-son Respublika  klinik shifoxonasida 53 nafar va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 2 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6306 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3275 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring