Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati va poytaxtda 102 nafar fuqaro koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi

Toshkent viloyati va poytaxtda 102 nafar fuqaro koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi

Foto: «U-f.ru»

2020-yil 29-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 354 (+102) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 332, Toshkent viloyatida 106, Namangan viloyatida 27, Andijon viloyatida 12, Samarqand viloyatida 10, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9, Qashqadaryo viloyatida 7, Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa, yurtimizda 52 970 (+504) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 918 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring