Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘rtta hududda odamlar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlandi

To‘rtta hududda odamlar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 7-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 587 (+128) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida (shundan 84 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida), 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida), 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6 690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 858 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring