Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«To‘qson foizga sog‘aygan» Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

«To‘qson foizga sog‘aygan» Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Foto: «Iz.ru»

Seulda koronavirusga qarshi kurashishdagi cheklovlar qayta tiklanmoqda.

Chunki Koreya Respublikasi poytaxtida koronavirus epidemiyasi qayta uyg‘ondi. Uch kundan buyon mamlakatda yangi holatlar ko‘paymoqda: 27-may — 40, 28-may — 79, bugun — 58 nafar bemor aniqlandi.

Seuldagi muzey va teatrlar yana yopildi. Hukumat aholini masofa saqlashga chorlayapti.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish umumiy holati bo‘yicha Janubiy Koreya Osiyoda 17-o‘rinda, jahonda 48-o‘rinda: jami 11 402 ta holat qayd etilgan, bemorlarning 10 363 nafari (90,8 foiz) sog‘aygan, qurbonlar soni — 269  nafar.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring