Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘rayapti

Tojikiston koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘rayapti

Foto: «123ru.net»

Tojikiston COVID-19 ga qarshi kurashish va oldini olishda xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan yordam so‘radi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston tibbiyot xodimlari uchun maxsus xalat va himoya kombinezonlari, niqoblar, shuningdek, qo‘lqop va koronavirusni aniqlash uchun testlar so‘ragan.

JSSTning Tojikistondagi vakili Galina Perfileva 1-aprel holatiga ko‘ra mamlakatda koronavirus yo‘qligini aytgan. U mamlakat aholisini gigiyenaga amal qilishga, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga bormaslikka chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring