Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3939. SSV yangi kasallanish holatlari haqida ma’lumot berdi

3939. SSV yangi kasallanish holatlari haqida ma’lumot berdi

2020-yil 4-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3939 (+30) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 28 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 1 nafari esa Toshkent viloyatiga Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 3087 nafar fuqaro (78 foizi) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizdagi 836 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring