Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin masofadan ishlashga o‘tdi (foto)

Putin masofadan ishlashga o‘tdi (foto)

Foto:«Twitter»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin agrokompleks rivojiga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishini telekonferensiya shaklida o‘tkazdi.

Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib RBK xabar byergan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kuni avval Putin koronavirus bilan xastalanganlar davolanayotgan Kommunarkadagi shifoxonaga borgandi. Keyinchalik u bilan qo‘l berib ko‘rishgan bosh vrachda infeksiya aniqlandi. Peskovga ko‘ra, ushbu uchrashuvda qatnashgan barcha kishilar tekshirilmoqda.

Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashayotganini ta’kidlagan.

Rossiyada 5-aprelgacha ta’til elon qilingan. Ushbu vaqt ichida ishchilarning maoshi saqlanishi belgilab qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring