Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda viloyatdan viloyatga o‘tish ochiladi, 30 kishilik to‘ylarga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda viloyatdan viloyatga o‘tish ochiladi, 30 kishilik to‘ylarga ruxsat beriladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra:

— 15 avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yo‘l qatnovi uchun ruxsat beriladi.

— Sanatoriylar, pansionatlar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlini ijaraga berish, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini ham tiklanadi.

— Fuqarolarga o‘z uyida 30 kishilik oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ham ruxsat beriladi.

— 17 avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovi hamda, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklanadi.

— 20 avgustdan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik buyum savdosi do‘konlari, sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar ishlay boshlaydi.

Respublika komissiyasi bugunning o‘zida yuqorida aytib o‘tilgan faoliyat turlariga ruxsat berish bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda. Bunda har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligi aniq belgilab berilishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring