Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda kimlar koronavirusga qarshi bepul emlanadi?

O‘zbekistonda kimlar koronavirusga qarshi bepul emlanadi?

Joriy yilda mamlakatimizda 4 million 112 ming 668 nafar kishi «COVID-19»ga qarshi vaksina bilan bepul emlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Emlanadigan 4 milliondan ortiq aholi kimlar va qaysi kasb egalaridan iborat bo‘ladi?

  1. Qariyalar, 65 yoshdan 74 yoshgacha – 1 085 797 nafar,
  2. Keksalar, 75 yoshdan 84 yoshgacha – 388 686 nafar,
  3. Uzoq umr ko‘ruvchilar 85 yosh va undan yuqori – 139 280 nafar,
  4. Tibbiyot xodimlari – 447 976 nafar,
  5. Surunkali kasalliklari bor aholi – 888 190 nafar,
  6. Maktab o‘qituvchilari – 689 383 nafar,
  7. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – 223 426 nafar,
  8. Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 000 nafar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring