Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda emlanishlar soni bir milliondan oshib ketdi

O‘zbekistonda emlanishlar soni bir milliondan oshib ketdi

5-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab jami 45616 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.

Ulardan:
- birinchi bosqich emlanganlar 34089 nafarni,
- ikkinchi bosqichda emlanganlar 11527 nafarni tashkil qildi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda 1 million 9510 doza vaksinadan foydalanilib, ularning 32533 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanildi.

5 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (8588 doza),
- Toshkent shahri (7200 doza) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish bo‘yicha elektron xizmat ishga tushirilgan:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring