Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda avval ham karantin bo‘lganmi?

O‘zbekistonda avval ham karantin bo‘lganmi?

Foto: «Otyrar.kz»

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda «O‘zbekiston Respublikasida avvallari ham karantin tadbirlari o‘tkazilganmi? Agar o‘tkazilgan bo‘lsa qachon va unda qanday kasallik tarqagan edi?»,- deya savol berildi.

«Ha bo‘lgan, faqat 1966 yilda sobiq ittifoq davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida vabo kasalligi tarqalganligi uchun karantin o‘rnatilgan. O‘zbekistonlik tibbiyot sohasidagi katta katta olimlar sa’y harakati bilan vabo kasalligining respublika bo‘yicha keng tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan»,-dedi Nurmat Otabekov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring