Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-Xitoy vaksinasi «hind shtammi»dan himoya qila oladimi?

O‘zbek-Xitoy vaksinasi «hind shtammi»dan himoya qila oladimi?

Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd kompaniyasi raisi Li Van Jun va professor Chen Fan Gu bilan muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida Xitoy-O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining koronavirusning turli variantlarga qarshi himoyasi to‘g‘risida olingan ilmiy natijalar haqida so‘z borgan.

Tekshiruv natijalari haqida ikkita ilmiy maqola tayyorlangan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin: https://doi.org/10.1038/s41422-021-00514-9 va https://doi.org/10.1101/2021.02.01.429069

Mazkur ikkita tadqiqotlar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi Covid-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikancha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlamoqda.

Muloqot davomida hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib borayotganlari, bu haqda maqola hali chop etilmagani, ammo natijalar ijobiy bo‘layotgani haqida fikr almashishgan. Laboratoriya tekshiruvlari vaksinatsiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda ma’lumotlar tasniflanmoqda va maqola yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, shuni ta’kidlash joizki, hozirgacha Xitoyda 90 million aholi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan. Ularning aksariyati vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalarini olishgan. Shu paytgacha mazkur vaksina bilan emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring