Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahnoza Soatova

Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori bu olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy)

«Oxirgi uch kunda qarindoshu tanishlardan to‘rt kishi vafot etdi»

«Oxirgi uch kunda qarindoshu tanishlardan to‘rt kishi vafot etdi»

Illyustrativ foto

Bloger Shahnoza Soatova vahimasiz karantindan adekvat karantin bosqichiga o‘tish davri kelgani, chunki endi ma’lumotsizlik va ishonchsizlik ortidan vahima kelib chiqishi haqida yozmoqda.

Oxirgi uch kunda qarindoshu tanishlardan to‘rt kishi vafot etdi. Umrimda bunaqa kichik fursatda ko‘p o‘lik xabarini eshitmagandim. Ularning birontasiga Covid-19 tashxisi qo‘yilmadi, hatto ulardan test ham olinmadi. Lekin o‘lim oldidan barchasining bir hafta, o‘n kun isitmasi chiqdi, behol bo‘ldi, kovidning u yoki bu simptomlari kuzatildi.

Bu tizimli hodisalar xulosasi nima? Odamlar nega, nima sababdan bunday ko‘p o‘lyapti? Nega bunaqa tez (10-12 kun ichida) o‘lyapti? Kovid bo‘lmasa, nima bu? Nega kovid tashxisi faqat test natijalariga qarab qo‘yilyapti? Koviddan 100 ta odam o‘ldi degan nima-yu, 1000 ta o‘ldi degan nima?

Qo‘shnilarga o‘xshab kovid va noma’lum pnevmoniya statistikasini birlashtirib,  bundan keyingi strategiyani shunga qarab qurgan ma’qul emasmi? Vahimasiz karantindan adekvat karantin bosqichiga o‘tish davri keldi, chunki endi ma’lumotsizlik va ishonchsizlik ortidan vahima kelib chiqadi.

Odamlar karantinga rioya etib, uyda o‘tirishini, karantin cheklovlarini to‘g‘ri qabul qilishini istasak, asl ahvolni ko‘rsatish,  o‘limlar koviddanmi yo boshqa narsadanmi,  qat’i nazar, aniq va ochiq aytish kerak.

Kayfiyat juda tushib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring