Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirus bo‘yicha yana bir bahsli fikrni o‘rtaga tashladi

Olimlar koronavirus bo‘yicha yana bir bahsli fikrni o‘rtaga tashladi

Ayrim olimlar mamlakatda o‘tkazilgan qon namunalarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, AQShda koronavirusning birinchi holatlari 2019-yil dekabrida ro‘y bergan degan farazni o‘rtaga tashlashdi.

«Hisobot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SARS-CoV-2 infeksiyasi Qo‘shma Shtatlarda kutilganidan oldin paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin», - deyiladi Milliy sog‘liqni saqlash institutlari (NIH) xisobotida.

Olimlar 2020-yil 2-yanvardan 18-martgacha 50ta shtat aholisi tomonidan taqdim etilgan 24000 dan ortiq qon namunalarini o‘rganishgan. Natijada, tadqiqotchilar yanvar oyining boshlarida amerikaliklarning ma’lum bir qismida kasallikka qarshi antitanalar paydo bo‘lgan degan xulosaga kelishgan.

Oldingi tadqiqotlar

2020-yil dekabr oyida Amerikaning «Clinical Infectious Diseases» jurnali 2019-yil dekabr oyida AQSh aholisidan to‘plangan qon namunalarini xuddi shunday retrospektiv tadqiqot natijalarini e’lon qilgan. Xulosa natijalariga ko‘ra, Amerikada virus Xitoyda paydo bo‘lishidan oldinroq paydo bo‘lgan.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining (CDC) tadqiqotchilari 2019-yil 13-dekabrdan 2020-yil 17-yanvargacha to‘qqizta shtatda Amerika Qizil Xochi tomonidan to‘plangan yetti mingdan ortiq donorlik qon namunalarini tahlil qildilar.

Ulardan 106 ta namunada koronavirusga qarshi antitanachalar aniqlangan. Mualliflar boshqa viruslarga qarshi antitanalarning o‘zaro reaktivligini istisno qilish uchun qo‘shimcha testlarni o‘tkazdilar va aniqlangan antikorlar SARS-CoV-2ga xos ekanligini aniqladilar.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ilgari Xitoyda COVID-19 tarqalishi 2019-yil dekabridan erta boshlangan bo‘lishi mumkinligini tan olishgan. Oktyabr oyida 90 ga yaqin odam koronavirus alomatiga o‘xshash kasallik bilan shifoxonaga yotqizilgani ta’kidlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring