Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namangan shahrida koronavirus bilan kasallangan bemor qolmadi

Namangan shahrida koronavirus bilan kasallangan bemor qolmadi

Namangan viloyatida 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, bugun reabilitatsiyaga kuzatiladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi rasmiy telegram kanali.

Tuzalganlarning barchasi Namangan shahridan (2 nafar ayol va 13 yoshli o‘g‘il bola), 1 nafari Norin tumanidan (31 yoshli erkak).

Namangan shahrida koronavirus bilan kasallanganlar barchasi sog‘aydi. Viloyat bo‘yicha koronavirusga chalingan 260 nafar fuqarodan 251 nafari (97 foiz) tuzalgan. 4 kishi vafot etgan.  Hozirda viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasida To‘raqo‘rg‘on tumanidan 2 nafar, Uychi tumanidan 2 nafar hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidan 1 nafar bemor davolanmoqda.

Karantin muassasalarida 610 nafar, uy karantinida 2912 nafar kishi saqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring