Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Firuz Allayev

Pessimist shamoldan noliydi, optimist uning to‘xtashidan umid qiladi, realist esa shamolga qaramasdan qanot yozib uchadi.

Nahotki koronavirusdan tuzalgan odamda immunitet shakllanmasa?

Nahotki koronavirusdan tuzalgan odamda immunitet shakllanmasa?

Koronavirusdan tuzalgan odamda virusga qarshi immunitet shakllanadimi? U odamga virus yana qaytib yuqishi mumkinmi?

Janubiy Koreyada koronavirusdan davolangan bir nechta bemorda koronavirus yana aniqlangandan so‘ng immunitet shakllanmasligi haqida xavotirlar paydo bo‘lgandi. Agarki, immunitet shakllanmas ekan, unda virusga qarshi vaksina chiqarish ham muammoga aylanishi mumkin edi.

Lekin, kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qidiruvlar natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra koronavirusga chalingan shaxslarda immunitet shakllanadi. Janubiy Koreyadagi holatda bo‘lsa, shunchaki bemorlar tanasidagi o‘lik viruslarni test aniqlagan va bu fuqarolarda keyinchalik hech qanday simptom aniqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring