Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirza Azizovning o‘limi sababi ma’lum qilindi (video)

Mirza Azizovning o‘limi sababi ma’lum qilindi (video)

O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Mirza Azizov bugun 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi.

Aktyorning xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhada uning koronavirus infeksiyasi sabab qurbon bo‘lgani aytiladi.

Ma’lumot uchun, Mirza Azizov 1963 yil 22 mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 2016 yildan bugungi kunga qadar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 1999 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring