Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kunlik kasallanishlar soni kamaymayapti

Kunlik kasallanishlar soni kamaymayapti

Shu yilning 5-avgust kuni mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Andijon, Toshkent, Buxoro, Namangan, Navoiy hamda Xorazm viloyatlarida jami 732 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 27 793 nafar bemordan 18 783 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 839 nafar bemordan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring