Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kovidda og‘ir asoratlarga olib keladigan shifokorlarning asosiy xatosi nima?

Kovidda og‘ir asoratlarga olib keladigan shifokorlarning asosiy xatosi nima?

Foto: «3drunkdudes.com»

COVID-19da bemorlarga antibiotiklarni noto‘g‘ri tayinlash kasallik kechishini yomonlashtirishi mumkin. Rossiyalik pulmonolog Yelena Orlovaning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlarning bunday xatosi koronavirus asoratlariga sabab bo‘ladi.

Uning ta’kidlashicha, 100 kishidan atigi besh nafari COVID-19da antibiotiklar qabul qilishlari kerak bo‘lgan. Biroq shifokorlar tomonidan antibakterial terapiyani tayinlash kasallikning noqulay rivojlanish xavfini besh baravar oshiradi.

«Antibiotik hali ham virusli infeksiyani davolamaydi. Kovid hali ham shifoxonada invaziv muolajalarsiz bakterial infeksiya bilan kamdan-kam hollarda asorat beradi», — deya izohladi Orlova.

Uning ta’kidlashicha, o‘pka shikastlanishi bakteriyalar bilan emas, balki virusning o‘zi bilan bog‘liq.

Pulmonologning eslatishicha, COVID-19 ni davolash bo‘yicha xalqaro tavsiyalarda barcha bemorlarga antibiotiklar buyurish to‘g‘risida band yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring