Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga uchragan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar qanday aniqlanadi?

Koronavirusga uchragan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar qanday aniqlanadi?

Koronavirus aniqlangan shaxs bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxs tushunchasi belgilandi. Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga bo‘linadi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:

— koronavirus aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxs;

— koronavirus aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qo‘l siqish, quchoqlashish) bo‘lgan shaxs;

— koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yo‘talayotganda) himoyalanmagan shaxs;

— koronavirus aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida yuzma-yuz bo‘lgan shaxs;

— 15 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda bo‘lgan shaxs;

— tibbiy mutaxassis yoki koronavirus aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlagan boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;

— samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus aniqlangan shaxsdan har qanday yo‘nalishda ikki o‘rindiq oralig‘ida yoki bitta kupeda (poyezdda) bo‘lgan, shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat ko‘rsatgan ekipaj a’zolari.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda bo‘lgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring