Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan himoyalashning bu usuli nafaqat foydasiz, kamiga zararli ham

Koronavirusdan himoyalashning bu usuli nafaqat foydasiz, kamiga zararli ham

Foto: «Pixabay»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan himoyalashning eng ommalashgan usullaridan birini tanqid qildi. Bu usul nafaqat samarasiz, balki sog‘liqqa zararli ham, deyilmoqda.

Gap virusni o‘ldirish maqsadida yopiq inshootlarda dezinfeksiya vositalarini sepish haqida boryapti. Ta’kidlanadiki, bu usul bevosita tushgan joyigagina ta’sir ko‘rsatadi. Ammo uchib borib ko‘zga, teriga, nafas yo‘llariga tushib qolsa zarari bor. Mabodo biror yuzani dezinfeksiyalash kerak bo‘lsa, buni maxsus eritmada namlangan latta bilan bajargan ma’qul.

«Odamlarga sepish (masalan, koridorlar, kabinetlar va hokazo yopiq xonalarda) har qanday vaziyatda ham tavsiya qilinmaydi. Bu virusning havo-tomchi yo‘li yoki bevosita muloqot orqali tarqalishini kamaytira olmaydi», deyiladi JSST bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring