Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tarqalishi yana tezlashdi: besh yuzga yaqin kishi kasallandi

Koronavirus tarqalishi yana tezlashdi: besh yuzga yaqin kishi kasallandi

2021-yil 24-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 108184 (+476) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
14 nafari Andijon viloyatida,
18 nafari Buxoro viloyatida,
29 nafari Jizzax viloyatida,
12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
10 nafari Namangan viloyatida,
89 nafari Samarqand viloyatida,
8 nafari Sirdaryo viloyatida,
35 nafari Surxondaryo viloyatida,
40 nafari Farg‘ona viloyatida,
21 nafari Xorazm viloyatida,
49 nafari Toshkent viloyatida,
135 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 725 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3452 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring