Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetdi

Koronavirus: sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetdi

Foto: «Tj.sputniknews.ru»

So‘nggi kecha-kunduzda yurtimizda 550 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, kasallikdan qariyb 670 nafarga yaqin bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetdi.

2021-yil 23-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 171080 (+560) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

34 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Andijon, 5 nafari Buxoro, 5 nafari Jizzax, 7 nafari Qashqadaryo, 5 nafari Navoiy, 8 nafari Namangan, 57 nafari Samarqand, 16 nafari Sirdaryo, 23 nafari Surxondaryo, 23 nafari Farg‘ona, 4 nafari Xorazm, 127 nafari Toshkent viloyatlarida, 238 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6, Andijon viloyatida 5, Buxoro viloyatida 5, Jizzax viloyatida 10, Navoiy viloyatida 4, Namangan viloyatida 18, Samarqand viloyatida 53, Surxondaryo viloyatida 19, Farg‘ona viloyatida 35, Toshkent viloyatida 117, Toshkent shahrida 396 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 165282 (+668) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1212 nafarni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring