Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: shifokorga kech murojaat qilish qashqadaryolik bemorning vafotiga sabab bo‘ldi

Koronavirus: shifokorga kech murojaat qilish qashqadaryolik bemorning vafotiga sabab bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli  S.H. shu yilning 7-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12-iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni joriy yilning 15-iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib,  davolanib yurgan.

29-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring