Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: dunyo bo‘yicha ahvol qanday?

Koronavirus: dunyo bo‘yicha ahvol qanday?

Foto: «Wosoft.ru»

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 545 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 229 million 373 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 705 mingdan ziyod kishi vafot etgan (22.09.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:06 holatiga ko‘ra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 545 201 yangi holati aniqlandi.

7 797 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining (23.09.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 15:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 230 million 156 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 720 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 42,034 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (33,531 milliondan ortiq),

uchinchi o‘rinda Braziliya (21,247 milliondan ortiq),

to‘rtinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (7,496 milliondan ortiq),

beshinchi o‘rinda esa Rossiya (7,333 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 6 milliard 005 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring