Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus buyumlar sirtida necha kungacha yashab qoladi?

Koronavirus buyumlar sirtida necha kungacha yashab qoladi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savollarga javob qaytarildi.

Uyda davolanayotgan bemor uyni tark etsa, o‘sha uyda necha kungacha koronavirus yashaydi? Infeksiyani yo‘q qilish uchin qanday dezinfeksiya qilish mumkin?

Ilmiy tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki, koronavirusning narsa-buyumlar sirtida, yuza qismlarda o‘rtacha yashash davri 2 soatdan 8-10 kungacha.

Kasallik aniqlangan uyda dezinfeksiya tadbirlarini tashkillashtirish zarur. Bu borada kasallik aniqlangan uyda hududiy sanepidxizmat xodimlari tomonidan ma’lumot dezinfeksiya brigadalariga yetkaziladi va ular tomonidan o‘choqli dezinfeksiya tadbirlar amalga oshiriladi.

Qolaversa, xonadonda yashovchilar o‘zlari ham uy sharoitida dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazishi mumkin. Dezinfeksiya deyilganda nafaqat xlorli vositalar, balki xonalarni tez-tez shamollatish, nam tozalov ishlarini olib borish tavsiya etiladi. Albatta bunday tadbirlarni o‘tkazishda shaxsiy himoyaga e’tibor berilishi zarur.

Covid-19 bilan kasallangan bemor uyda davolansa va uning oila azolariga 2-5 kun farqida kasallik yuqsa, birinchi bemor tuzala boshlaganda boshqa bemorlardan masofa saqlab yakkalanishi shartmi?

Kasallikka chalinib uy sharoitida davolanayotgan bemorlar avvalambor o‘zlarini qolgan oila a’zolaridan izolyasiya qilishlari tavsiya etiladi.

Agarda kasallik boshqa oila azolariga yuqtirilgan bo‘lsa, davolanayotgan ya’ni tuzalayotgan bemorning organizmida antitanachalar hosil bo‘ladi.

Bunda masofa saqlash shart bo‘lmaydi, ya’ni bemorda birlamchi immunitet hosil bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring