Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jilovsiz koronavirus. Aholi orasida kasallik keskin ko‘paydi

Jilovsiz koronavirus. Aholi orasida kasallik keskin ko‘paydi

Foto: Xabar.uz

Shu yilning 4-iyul kuni mamlakatimizda 312 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 162 nafari Karantin muassasalarida, 142 nafari aholi orasida (shundan 105 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida), 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar qilinganidek, 4-iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida avvaliga 55 nafar, so‘ngra yana 119 nafar bemor tuzalib, jami 174 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9708 nafar bemordan 6425 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3252 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 9 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 42 659 nafar, statsionar karantinda esa 24 301 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring