Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Infeksionist global koronavirus pandemiyasi endi boshlanganini ma’lum qildi

Infeksionist global koronavirus pandemiyasi endi boshlanganini ma’lum qildi

Foto: «Fb.ru»

AQShda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruh bosh eksperti Entoni Fauchi Italiyaning «Corriere Della Sera» nashriga bergan intervyusida butun olam COVID-19 pandemiyasining boshlang‘ich bosqichida turganligini ma’lum qildi.

«Koronavirus Braziliya, JAR va Osiyoda avj olayotganini ko‘rib turibmiz. Global pandemiya endi boshlanyapti. U zo‘raysa-zo‘rayadiki, zaiflashmaydi», — dedi infeksionist.

Mutaxassis JSSTning virus tarqalishidagi o‘rniga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning aytishicha, ayrim kamchiliklarini hisobga olmaganda xalqaro tashkilot kerak.

Bundan tashqari, Fauchi pandemiyaga qarshi kurashda barcha davlatlarning hamjihatlikdagi harakati zarurligini ta’kidlagan. Infeksionist koronavirus mavzusiga siyosiy tus berish muqarrarligini, lekin bu vaziyatni yomonlashtirishini tan olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring