Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyada ishlatilgan koronavirus testlari sotilgani fosh bo‘ldi

Indoneziyada ishlatilgan koronavirus testlari sotilgani fosh bo‘ldi

Foto: «BBC News»

Indoneziyada davlat farmatsevtika kompaniyasi xodimlari Medan aeroportida koronavirusga test olayotganda allaqachon ishlatilgan burundan surtma olish to‘plamlaridan foydalanishgan, deya xabar berdi BBC News.

Tergov natijalariga ko‘ra, ular ishlatilgan to‘plamlarni yuvib, qadoqlab, yangi yo‘lovchilarga sotishgan. Shu tariqa, dekabrdan beri qariyb 9000 kishi allaqachon ishlatilgan to‘plamlarni test uchun sotib olgan bo‘lishi mumkin. Natijada gumonlanuvchilar 1,8 milliard Indoneziya rupiyasini (124 800 AQSh dollari) o‘zlashtirgan bo‘lishlari ehtimoldan xoli emas. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ulardan biri jinoyatdan tushgan mablag‘dan foydalanib, o‘zi uchun uy qurishga muvaffaq bo‘lgan.

Politsiyaga 23 nafar aviayo‘lovchidan shikoyat kelib tushgach firibgarlik fosh bo‘lgan — test qilinganda ular sog‘lom bo‘lishiga qaramay, natijalari musbat chiqqan. Fuqaro kiyimidagi politsiyachilar «nazorat testi»dan so‘ng farmatsevtika kompaniyasining besh nafar xodimini hibsga olishgan. Shuningdek, jabrlanuvchilarni kompaniyadan tovon puli undirishda yordam berishga tayyor bo‘lgan advokatlar qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring