Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim Navoiyda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qildi

Hokim Navoiyda koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qildi

Foto: «Pv.uz»

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov viloyat aholisiga murojaat yo‘llab, viloyatda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qildi.

«Kuni kecha, viloyatimizda olib borilayotgan davolash-profilaktik tadbirlar, tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay, ilk bor o‘lim holati qayd etildi», — dedi Qobul Tursunov.

Hokim ushbu o‘lim holati qachon yuz bergani va bemorga doir ma’lumotlarni oshkor qilmagan.

Qayd etish lozim, Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha Navoiy viloyatidagi o‘lim haqida axborot bergani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring