Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston bosh vaziridan qattiq karantin kiritishni talab qilishyapti

Hindiston bosh vaziridan qattiq karantin kiritishni talab qilishyapti

Foto: «The Financial Express»

Hindistonlik siyosatchilar va tibbiyot ekspertlari bosh vazir Narendra Modidan umummilliy karantin joriy etishni talab qilishmoqda.

Mamlakatda pandemiya yanada avj olgan: uch kundan beri sutkasiga 400 ming nafardan ziyod bemor ro‘yxatga olinyapti. Goa shtatida test topshirgan har ikkinchi insonda koronavirus topilyapti. O‘z vaksinasini ishlab chiqarayotganiga qaramay, Hindistonda vaksina bilan emlanganlar ulushi umumiy aholi soniga nisbatan juda pastligicha qolmoqda.

Worldometer ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda, 8-may tongiga kelib, koronavirus bilan kasallanganlar soni 21,89 mln. nafarga yetgan. Pandemiya qurbonlari soni 238 ming nafardan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring