Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat emlangan odamlarda namoyon bo‘ladigan COVID-19 alomati

Faqat emlangan odamlarda namoyon bo‘ladigan COVID-19 alomati

Foto: «Depositphotos.com»

Britaniyalik tadqiqotchilar faqat emlangan odamlarda uchraydigan koronavirus belgisini aniqladilar. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.

COVID-19 tadqiq etish va alomatlarini kuzatuvchi dunyodagi eng yirik dastur hisoblangan ZOE COVID Symptom Study ma’lumotlariga ko‘ra, emlangan odamlarda infeksiya tez-tez aksirish orqali namoyon bo‘ladi.

«Garchi COVID-19 bilan kasallangan ko‘plab odamlar aksirsa-da, bu 100% alomat hisoblanmaydi. Bu juda ko‘p uchraydigan hodisa, ayniqsa, iliq mavsumda kuzatiladi», — deya qo‘shimcha qildi tadqiqotchilar.

Shu bois, emlangan bo‘lsangiz va aksirish tezlashganini payqasangiz, bu allergiya bo‘lmasligi ehtimoli bor.

«Agar emlangan bo‘lsangiz va hech qanday sababsiz aksira boshlasangiz, uyda qolishingiz va COVID-19 ga test topshirishingiz zarur. Ayniqsa, virusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar bilan yashasangiz yoki ular bilan birga ishlasangiz, e’tiborli bo‘lish talab etiladi», — deya xulosa qilishgan tadqiqot mualliflari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring