Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubaydan kelgan fuqaroda ham koronavirus aniqlandi

Dubaydan kelgan fuqaroda ham koronavirus aniqlandi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bemorlar soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Avvalroq, infeksiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetgani xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring