Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bunday fojia mamlakat tarixida hech qachon bo‘lmagandi

Bunday fojia mamlakat tarixida hech qachon bo‘lmagandi

Foto: «Nv.ua»

Braziliya Oliy sudi koronavirus qurbonlari uchun uch kunlik motamni e’lon qildi. Bu haqda sudning saytdagi bayonotida xabar berilgan.

«Bunday fojia yurtimiz tarixida hech qachon bo‘lmagandi. Ismi, kasbi, loyihasi va orzulari bo‘lgan 100 ming kishi. Jahonda va boshqa odamlarning hayotida iz qoldirgan 100 mingta umr. Endi ota-onalari bilan birga bo‘lolmaydigan o‘g‘il va qizlar. Ushbu yakshanba hech nimani nishonlamaydigan ota-onalar», — deb yozadi Oliy federal sudi va Adliya milliy kengashi raisi Dias Toffoli.

9-avgust kuni koronavirus qurbonlari soni 100 minglik ko‘rsatkichdan oshib, 100 477 nafarni tashkil etdi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 905 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Pandemiya boshlangandan buyon ushbu Lotin Amerikasi mamlakatida kasallanganlar soni 3 million bemordan oshib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring