Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun yangi rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Bugun yangi rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Shu yilning 6-iyul kuni mamlakatimizda 342 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 204 nafari karantin muassasalarida, 116 nafari aholi orasida, 22 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Shu bilan birga, Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 106 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10362 nafar bemordan 6628 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3697 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring