Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun birdaniga uchta: bir quvonchli va ikki noxush rekord qayd etildi

Bugun birdaniga uchta: bir quvonchli va ikki noxush rekord qayd etildi

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalinganlar, davolanganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord natija qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Afsuski, shu yilning 8 iyul kuni mamlakatimizda 422 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 295 nafari karantin muassasalarida, 127 nafari aholi orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilinganidek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 249 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11092 nafar bemordan 7060 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3987 nafar bemordan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring