Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada koronavirusning yana bir yangi turi topildi

Britaniyada koronavirusning yana bir yangi turi topildi

Foto: «Web.tramis.ru»

Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining mutatsiyaga uchragan yana bir yangi turi  qayd etildi.  Mutatsiya Janubiy Afrika va Braziliya variantlariga qaraganda yuqumli bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti.

«Sog‘liqni saqlash boshqarmasi yangi koronavirus turiga «tekshiruvdagi variant» maqomini berdi. Ushbu virus dastlab Hindistonda aniqlangan shtammning bir necha bor mutatsiyaga uchragan turidir», — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 77 ta infeksiya yuqish holati tasdiqlangan.  Mutaxassislar, kasallik aniqlangan kishilarning kimlar bilan o‘zaro aloqa qilganliklarini aniqlamoqdalar.

Sharqiy Angliya universiteti tibbiyot professori Pol Xanter virusning yangi shtammida ikkita oqsil mutatsiyasi mavjudligini aytib o‘tgan.

«Bu hatto Braziliya va Janubiy Afrika variantlariga qaraganda kamroq nazorat qilinadigan vaksinalar bo‘lib chiqishi mumkin», — deydi olim.

Avvalroq JSST ikki oy ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanish ikki baravar ko‘payganligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Tashkilot bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning aytishicha, ushbu holat pandemiya paydo bo‘lganidan beri sayyoradagi rekord daraja bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring