Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov O‘zbekistonga 20 mln dollar ajratdi

Alisher Usmonov O‘zbekistonga 20 mln dollar ajratdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiyada istiqomat qiluvchi o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga 20 million dollar mablag‘ o‘tkazib berdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali efirida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Ushbu pullar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga o‘tkaziladi.

Xabarga ko‘ra, pullar Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi karantin uchun maxsus kasalxonani tibbiyot asbob-uskunlari bilan ta’minlashga sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov O‘zbekistonning «El-yurt hurmati» ordeni sohibi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring