Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2919 nafarga yetdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2919 nafarga yetdi

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Avvalroq Namangan viloyatida 4 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi. Shuningdek, Samarqand viloyatida ham 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu tariqa Namangan viloyatida jami kasallik qayd etilganlar 260 nafar bo‘lib, endilikda shundan 251 nafari tuzaldi. Davolanayotganlar esa 5 nafarni tashkil etib, ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga ancha yaqin turibdi.

Samarqand viloyatida esa jami kasallik aniqlanganlar 363 nafar bo‘lib, endilikda shundan 299 nafari sog‘aydi. Ayni paytda davolanayotganlar 62 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar  soni 2919 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring