Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

29-sentyabrda koronavirus bemorlari soni kamaydi, lekin qurbonlar ko‘paydi

29-sentyabrda koronavirus bemorlari soni kamaydi, lekin qurbonlar ko‘paydi

Foto: «Yandex.com»

2020-yil 29-sentyabr kuni mamlakatimizda 476 holatda kasallik qayd etildi. Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 466 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 504 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 56 354 nafar bemordan 52 970 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 918 nafar bemordan 587 nafari og‘ir, 261 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring