Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar-2022: Himoyasi eng yaxshi terma jamoa e’lon qilindi

Qatar-2022: Himoyasi eng yaxshi terma jamoa e’lon qilindi

Foto: LiveSport

Qatarda davom etayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida «eng yaxshilar» aniqlanmoqda. Mundialda shov-shuvga sabab bo‘layotgan Marokash terma jamoasi ikkita yo‘nalishda hammadan zo‘r deb topildi.

Mukofotlarning biri yakka o‘yinchiga, ikkinchisi butun jamoaga tegishli.

Ashraf Hakimi.

Marokash terma jamoasi hamda «PSJ» (Fransiya) himoyachisi Ashraf Hakimi to‘pni raqibdan olib qo‘yish bo‘yicha mundialdagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Jahon birinchiligidagi to‘rt o‘yin mobaynida u 17 marta raqib futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi. Boshqa hech bir futbolchi bunchalik o‘zini ko‘rsatgan emas. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda — Nussayr Mazraui (Marokash) va Ibrohim Kanate (Senegal) — 13 martadan.

Marokash himoya chizig‘i eng mustahkam terma jamoa ham hisoblanadi, JCh-2022 davomida darvozasidan atigi bitta to‘p olib chiqdi. O‘sha gol kiritilgan o‘yinda Marokash Kanadani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Yassin Bunu va marokashlik futbolchilar Ispaniya mag‘lub etilgan penaltilar seriyasidan so‘ng.  

Jamoaning zafarli yurishida darvozabon Yassin Bununing xizmatlari katta: Xorvatiya (0:0), Belgiya (2:0), Ispaniya (0:0, penaltilar seriyasi bo‘yicha 3:0)ga qarshi o‘yinlarda qahramonlik ko‘rsatdi.

Chorakfinalda Marokash himoyasini chinakam imtihon kutmoqda — Shveysariyani katta hisobda dog‘da qoldirgan Portugaliya (6:1) bilan keyingi bosqich uchun kurashadi. O‘yin 10-dekabr kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring