Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ziroat Mirziyoyeva «Mehrli maktab» gospitali filialiga bordi

Ziroat Mirziyoyeva «Mehrli maktab» gospitali filialiga bordi

Foto: Zamin fondi.

Ziroat Mirziyoyeva Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida ochilgan «Mehrli maktab» gospital maktabi filiali o‘quvchilarini borib ko‘rdi.

Yangi gospital maktab Toshkent, Nukus, Andijon va Farg‘onadan keyin respublikada beshinchi bo‘lib, unda uzoq vaqt davolanayotgan bolalar bilan ishlash uchun zarur tayyorgarlikdan o‘tgan pedagoglar, psixologlar va tarbiyachilar ish boshladilar.

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi «Mehrli maktab»da yaratilgan qulay ta’lim muhitini qayd etib, bolalar bilan dildan suhbatlashdi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan rivojlantiruvchi moslashuv mashg‘ulotlarida qatnashib, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring