Zelenskiy Rossiya bilan bosib olingan hududlarni almashmoqchi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, agar AQSh rahbari Donald Tramp Rossiya va Ukrainani muzokaralar stoliga keltira olsa, Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina yerlari evaziga Moskvaga Kursk viloyatidagi bosib olingan hududlarni taklif qilishini aytdi.
Zeyelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, u Kiyev Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan hududlardan qaysi birini bunday almashinuv doirasida so‘rashi mumkinligini bilmaydi.
"Bilmayman, ko‘ramiz. Bizning barcha hududlarimiz muhim, hech biri ustuvor emas", dedi u.
Zelenskiy intervyuda aytishicha, Ukraina xavfsizligini kafolatlash AQSh ishtirokisiz mumkin emas. Agar Yevropa Ukrainaga tinchlikparvar kontingentni yuborishga qaror qilsa, u 100-150 ming kishi bo‘lishi kerak, hatto bu holatda ham bu xavfsizlik kafolatlari shartlaridan biri.
Amerikaning Patriot havo mudofaa tizimi Yevropa havo hujumidan mudofaa tizimlaridan samaraliroq.
Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Vladimir Zelenskiy Donald Tramp jamoasi, jumladan, AQSh vitse-prezidenti J.D.Vens bilan uchrashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter