Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurakni baquvvat qiluvchi nonushta haqida ma’lumot berildi

Yurakni baquvvat qiluvchi nonushta haqida ma’lumot berildi

Qizil ikra va avakadodan iborat nonushta yurak holatini yaxshilashga yordam beradi. Bu haqda diyetolog Lon Ben-Asher ma’lumot berdi.

Mutaxassisning fikricha, sog‘lom yurak uchun nonushta yurak-qon tomir sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlovchi, xolesterinni nazorat qiluvchi va yallig‘lanishni kamaytiradigan ozuqaviy moddalarga boy taomlarni o‘z ichiga olishi kerak. Bu xususiyatlar omega-3 yog‘ kislotalari va tolaga boy ovqatlarda mavjud.

Nonushta uchun Ben-Asher losos va avakado, yogurt bilan jo‘xori uni yoki tuxum oqi va ismaloqni taklif qildi.

Diyetolog ertalab kolbasa va bekon kabi to‘yingan yog‘ va natriyga boy taomlarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qildi, deb yozadi Huffpost.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring