Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir telekanal tashkil etilmoqda

Yana bir telekanal tashkil etilmoqda

Foto: «Sunhome.ru»

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OTT (Over the Top) platformasida «Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy virtual telekanali tashkil etildi. Mazkur yangi kanal onlayn rejimda ishlaydi.

MTRK raisi Alisher Xadjayevning feysbukdagi sahifasida bu haqda ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, ushbu kanalni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog‘lom e’tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, yoshlarning madaniy-ma’rifiy, diniy bilimlarini oshirishdan iboratdir.

«Hidoyat sari» telekanalida tegishli ilmiy, diniy ekspertizalardan o‘tkazilgan, efirga uzatilgan va bugungi kunda MTRK Arxiv fondida saqlaniyotgan telemahsulotlar namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring