Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmlik huquq himoyachisi vafot etdi

Xorazmlik huquq himoyachisi vafot etdi

Hayitboy Yoqubov

28 avgust kuni Xorazmdagi «Najot» inson huquqlari himoyasi tashkiloti raisi Hayitboy Yoqubov 65 yoshida vafot etgan.

Amerika Ovozi xabar berishicha, u uzoq yillar davomida majburiy mehnat, korrupsiya va adolatsizlikka qarshi kurashgan, fermerlar va ishchilar huquqlarini himoya qilgan.

O‘zbekistonda hokimiyat almashganidan keyin boshqa huquq himoyachilari bilan birga Haitboy Yoqubov davlat organlari va xalqaro tashkilotlar o‘tkazadigan turli loyiha va tadbirlarga taklif etila boshlandi. Ammo u 2000 yilda asos solgan tashkilot hali ham ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. 2018 yilda Amerika Ovozi’ga bergan intervyusida u ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 19 marta ariza berganini ta’kidlagan.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi marhumning yaqinlari, do‘stlari va hamkasblariga ta’ziya bildirdi. Xabarga ko‘ra, Hayitboy Yoqubov «29 yil inson huquqlari himoyachisi sifatida faoliyat yuritgan va O‘zbekistondagi huquqbonlik faoliyatining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir».

«U O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va inson huquqlari standartlarini shakllantirishga katta hissa qo‘shdi. Biz uning, ayniqsa, O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, lavozimini suiiste’mol qilish va fundamental huquqlar barcha ko‘rinishdagi buzilish holatlaridan aziyat chekkanlarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ulkan sadoqati va tayyorligidan ruhlanardik», — deyiladi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring