Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiqindi qutisi yonida suratga tushgan ayol...

Chiqindi qutisi yonida suratga tushgan ayol...

foto: Daryo. Madina Nurman

Mashina bozorida g‘aroyib voqeaning guvohi bo‘ldim.

Tartib bilan terib qo‘yilgan yangi mashinalar yonida to‘xtab, mulk egasidan narxini so‘ray boshladik. Hech qancha vaqt o‘tmadi. Kepka kiygan xotin kelib, rasmga tushirib qo‘yishimizni iltimos qildi.

Keyin, sal nariroqda turgan yashil rangli  axlat qutisining oldida borib, avtomobil sotuvchisidan qayta-qayta kadr olishni so‘radi.

Va tabiiyki, bu holat meni hayratlantirdi. Ayol, telefonini qaytarib olarkan, men uni gapga tutdim:

«Axlat qutisi yonida turib rasmga tushish sizga nega kerak bo‘ldi?»

Uning dardini eshitadigan kishiga muhtojligi darrov  yozg‘irishga o‘tganidan bilindi.

Aytishicha, u mashina bozorning tozalov xizmatida ishlaydi, ya’ni farrosh. Har kuni ishga kelganini shu alfozda isbotlab, bozor ma’muriyatiga telegramm orqali rasmini yuboradi.

«Har xil holatlar bo‘ladi, ba’zan telefonda pulingiz tugashi yoki internet trafigi qolmasligi mumkin, shunday vaziyatda nima qilasiz? Axir, siz har odimda hisob berasiz... – uning ko‘zlari to‘lib turganini sezib ham javobini kutdim.»

«Unaqa holatda ishlolmayman. Telefonim quvvati limmo-lim turishga majbur»–dedi, egnidagi kir kiyimini epaqaga keltirarkan.

Men, keyingi yillarda rasm cheking uslubi asosida ishlayotgan bir qancha tashkilotlar haqida eshitganim bor edi-yu, axlatchining axlat tozalash manzarasini tomosha qilishga ishqiboz ma’muriyat borligini tasavvur qilmagan edim.

«Rasm-isbot» tarzida ishlash qachondan beri, mehnat shartnomalariga kirib ulgurdi?

Yoki, kunlik hayotni davom ettirish uchun, tarixga muhrlanib borishga majbur qoldimi, xodim-ishchilar?

Juda ajablanarli ishlar!

Men, bir necha ishxonalarda oz yo ko‘p, yaxshi yo yomon xodim o‘laroq mehnat qildim. Yo‘lga yetsa, tushlikka, bolaga yetsa, ro‘zg‘orga yetmaydigan darajada maosh olib ishlagan yillarim bo‘ldi. Mahalliychilik dardiga chalingan rahbar bilan ishladim, ammo tashkilotdagi vazifamga sidqidildan yondoshdim.

Rasmiyatda belgilangan maoshimning haqini mehnatim bilan oldim.

Hech qanday rasm-tasvirlarga hojat yo‘q edi. Shungami ishlayotganini rasmga tushirib isbotlash ish tizimi menda hayrat uyg‘otayapti.

Va bu kabi yondashuvlarni ichki tartibni ishonch nuqtai nazaridan cho‘kishga yo‘naltirilgan metod, deb bilaman.

Har kim vazifasini sidqidildan bajarsa, bunday ovoragarchilikka ne hojat? Xodimlar o‘zining ishini bilib-bilib qilavermaydimi?

Galareyadamas, katta davlat ichida yashaymiz-ku!

                                                     Muhabbat Nazar, jurnalist

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring