Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzbekistan Airways Kiyevga parvozlar sonini oshiradi

Uzbekistan Airways Kiyevga parvozlar sonini oshiradi

Foto: «Loukoster.com»

«Uzbekistan Airways» AJ 2021-yil 3-noyabrdan boshlab har chorshanba kunlari Kiyevga aviaqatnovlar sonini oshiradi. Noyabrm oyining boshidan aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 203 229 so‘mdan (bagajsiz) va 2 539 315 so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 4 149 045 so‘mdan (bagajsiz) va 4 771 427 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Aviakompaniya rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etilishi eslatib qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring